Senatning navbatdagi yalpi majlisi 22-iyun kuni chaqiriladi
Tanzila Narbayeva raisligida o‘tgan Oliy Majlis Senati Kengashining navbatdagi majlisida Senatning qirq ikkinchi yalpi majlisini 2023-yilning 22-iyun kuni chaqirish to‘g‘risida qaror qabul qilindi.
Yalpi majlis videokonferensaloqa tizimidan foydalangan holda o‘tkaziladi va unda qator qonunlarni muhokama qilish rejalashtirilgan.
Xususan, O‘zbekiston hududida amal qiladigan o‘nga yaqin qonun hujjatlari bilan bir qatorda, ba’zi xalqaro bitimlarni ratifikatsiya qilishga doir hujjatlar ham muhokama qilinadi.
“O‘zbekiston Respublikasi bilan Qozog‘iston Respublikasi o‘rtasida O‘zbekiston – Qozog‘iston Davlat chegarasini demarkatsiya qilish to‘g‘risidagi Shartnomani (Toshkent, 2022-yil 22-dekabr) ratifikatsiya qilish haqida”gi hamda “O‘zbekiston Respublikasi Hukumati bilan Pokiston Islom Respublikasi Hukumati o‘rtasida harbiy-texnikaviy sohada hamkorlik to‘g‘risidagi Bitimni (Islomobod, 2022-yil 3-mart) ratifikatsiya qilish haqida”gi qonunlar shular jumlasidan.
Bundan tashqari, yalpi majlisda Muzey ashyolari va kolleksiyalarini saqlash hamda ularning xavfsizligini ta’minlash choralari yuzasidan Madaniy meros agentligiga yuborilgan parlament so‘rovi natijalari ham ko‘rib chiqiladi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter