Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Senatning 40-yalpi majlisi 3 may kuniga chaqiriladi

Senatning 40-yalpi majlisi 3 may kuniga chaqiriladi

Oliy Majlis Senatining qirqinchi yalpi majlisi 2023-yil 3-may kuni soat 10:00 da o‘z ishini boshlaydi va ikki kun davom etadi.

Yalpi majlis videokonferensaloqa tarzida o‘tkazilishi rejalashtirilgan.

Yalpi majlisda qator qonunlar, jumladan, «O‘zbekiston Respublikasining Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksiga o‘zgartishlar va qo‘shimcha kiritish haqida»gi, «O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga tadbirkorlarning bank hisobvaraqlaridagi pul mablag‘lari daxlsizligini ta’minlashga qaratilgan qo‘shimcha va o‘zgartishlar kiritish to‘g‘risida»gi hamda «O‘zbekiston Respublikasining Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksiga o‘zgartishlar kiritish haqida»gi qonunlar muhokama qilinadi.

Shuningdek, yalpi majlisda «Xalqaro mehnat tashkilotining xodimlarni ish joyidagi havoning ifloslanishi, shovqin va tebranishlar tufayli yuzaga keladigan kasbiy xavf-xatardan himoya qilish to‘g‘risidagi 148-sonli Konvensiyasini (Jeneva, 1977-yil 20-iyun) ratifikatsiya qilish haqida»gi va «O‘zbekiston Respublikasi Hukumati bilan Tojikiston Respublikasi Hukumati o‘rtasida fors-major holatlarda davlat aviatsiyasi havo kemalari tomonidan havo hududi va ayerodromlardan foydalanish sohasida o‘zaro hamkorlik to‘g‘risidagi Bitimni (Dushanbe, 2021-yil 10-iyun) ratifikatsiya qilish haqida»gi qonunlar ham muhokama qilinadi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring