Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

«Sarmishsoy» hududida oltin qazib olinayotgani rad qilindi

«Sarmishsoy» hududida oltin qazib olinayotgani rad qilindi

Madaniy meros agentligi «Sarmishsoy» va uning hududi bilan bog‘liq yetti ming yillik tarix insoniyat ko‘z oldida vayron bo‘lishi mumkin» mazmunidagi xabarlar yuzasidan rasmiy munosabat berdi. 

Agentlikka ko‘ra, «Sarmishsoy» davlat muzey-qo‘riqxonasi Hukumatning 2019-yil 30-maydagi qarori asosida tashkil etilgan va muzey-qo‘riqxona uchun Navoiy viloyati Navbahor tuman hokimining 2009-yil 14-iyuldagi tegishli qarori bilan tuman kadastri tomonidan 5000 ga maydon alohida belgilab berilgan.

Hukumatning 2019-yil 16-martdagi «Qimmatbaho metallarni oltin izlovchilar usulida qazib olish faoliyatini amalga oshirish tartibi to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash haqida»gi qaroriga asosan esa 2019 yilda «Sarmishsoy» davlat muzey-qo‘riqxona hududidan qimmatbaho metallarni ajratib olishda oltin izlovchilarga yer ajratib berilgan va qazishma ishlari olib borilgan.

Biroq 2021-yil 3-martdagi «Moddiy madaniy meros ob’yektlari va YuNESKOning Umumjahon merosi ro‘yxatiga kiritilgan hududlar muhofazasini kuchaytirish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi Hukumat qarori 11-ilovasiga asosan ushbu muzey-qo‘riqxonasining qo‘riqlanadigan chegaralari qayta belgilangan.

Agentlik hozirgi vaqtda mazkur chegaralarda oltin qazib olish maqsadida jismoniy va yuridik shaxslarga yer maydonlarini ajratib berish holatlari mavjud emasligini ta’kidlagan.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring