Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Samarqandda voyaga yetmagan yigitcha avtomobilda 52 yoshli fuqaroni urib yubordi

Samarqandda voyaga yetmagan yigitcha avtomobilda 52 yoshli fuqaroni urib yubordi

Ijtimoiy tarmoqda Samarqandda voyaga yetmagan bola fuqaroni urib yuborgani aks etgan video tarqaldi. Viloyat IIB holat yuzasidan ma’lumot berdi.

Qayd etilishicha, 2023 yil 16 may kuni soat 21:30 lar atrofida Samarqand shahar I. Xoldun ko‘chasida 2007 yilda tug‘ilgan voyaga yetmagan Samarqand shahrida yashovchi bola otasiga tegishli chet elda ishlab chiqarilgan transport vositasini tezlikni me’yoridan oshirib haydab, yo‘lning qatnov qismidan o‘tayotgan 1971 yilda tug‘ilgan fuqaroni urib yuborgan.

Yo‘l-transport hodisasi oqibatida fuqaro tan jarohatlari olib Respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markazi Samarqand filialiga davolanish uchun yotqizilgan.

Mazkur holat yuzasidan Samarqand shahri bo‘yicha IIO FMB JXX YHXB tomonidan dastlabki surishtiruv ishlari olib borilmoqda.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring