Samarqandda tok urishi oqibatida 5 yoshli bola vafot etdi
Samarqand viloyati Nurobod tumanida 5 yashar bola tok urishi oqibatida vafot etdi.
Bolalar ombudsmani bergan rasmiy ma’lumotga ko‘ra, joriy yilning 16-may kuni Samarqand viloyati Nurobod tumanida yashovchi, 2019-yilda tug‘ilgan R.M. (o‘g‘il bola) tok urishi natijasida vafot etgan.
Tuman prokuraturasi tomonidan tuzilgan tezkor-tergov guruhi hodisa joyiga chiqib holat o‘rganilganda, «Omondara» MFY, Chunqaymish qishlog‘i hududidagi tepalikdan 150-170 metr balandlikda o‘tgan elektr simini voyaga yetmagan R.M. ushlashi oqibatida elektr toki urib, voqea joyida vafot etganligi aniqlangan.
Tezkor-tergov guruhi tomonidan hodisa joyi ko‘zdan kechirilib, R.M.ning o‘limi sabablarini aniqlash maqsadida sud-tibbiy ekspertiza tayinlangan.
Shuningdek, holat yuzasidan «Samarqand viloyat hududiy elektr tarmoqlari» AJga xizmat tekshiruvi tayinlangan.
Hozirda Nurobod tumani prokuraturasi tomonidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter