Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Samarqandda 11,5 kilolik tilla qumini pullayotgan shaxslar qo‘lga olindi

Samarqandda 11,5 kilolik tilla qumini pullayotgan shaxslar qo‘lga olindi

Samarqandda 50 ming AQSh dollari evaziga oltin kukunini sotmoqchi bo‘lgan 6 nafar shaxslar ushlandi. Bu haqda viloyat IIB xabar bermoqda.

Xabarda aytilishicha, mazkur holat yuzasidan ikki nafar fuqaro Samarqand viloyatidagi huquqni muhofaza qiluvchi organlarga ariza bilan murojaat qilgan. Unda arizachilar Navoiy viloyatida yashovchi bir guruh shaxslar ularning ishonchiga kirib, 50 ming AQSh dollari evaziga 11,5 kg. oltin kukunini sotishini va Samarqand shahriga olib kelib berishlarini aytganligini ma’lum qilib, ularga nisbatan qonuniy chora ko‘rishni so‘ragan.

Mazkur arizaga asosan, Samarqand viloyati IIB JQB Korrupsiya va iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish bo‘limi va DXX Samarqand viloyati boshqarmasi xodimlari hamkorligida, Samarqand tumani Yangiobod MFYda o‘tkazilgan tezkor tadbir davomida 6 nafar shaxslar ariza mualliflariga 11,575 kg. oltin kukunini 50 ming AQSh dollariga sotayotgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan qo‘lga olindi.

Mazkur holat yuzasidan tergovga qadar tekshirish harakatlari olib borilmoqda.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring