Samarqandda «Temir daftar»dagilarga «quyosh batareya»lari tarqatiladi
Samarqand viloyatining ma’muriy markazi hamda qolgan 15ta tumanida 2023-yilning sentyabriga qadar «Temir daftar»ga kiritilgan fuqarolar xonadoniga quyosh fotoelektr stansiyalari o‘rnatib beriladi.
Bu borada viloyat hokimi E.Turdimov joriy yil 23-yanvar kuni tegishli hujjatni imzolagan.
Mavjud ma’lumotlarga ko‘ra, zamonaviy uskunalar eng ko‘p Urgut tumani (260) va Samarqand shahridagi ehtiyojmand oilalarga beriladi. Ayni kunlardan bu boradagi ishlar boshlab yuborilgani aytilmoqda.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter