Samarqandda qariyb yarim kilolik oltin yombisining savdosi «pishmadi»
Samarqandda «999,9» probali sof oltinni sotmoqchi bo‘lgan shaxslar ushlandi.
Bosh prokuratura huzuridagi Departament bergan xabarga ko‘ra, noqonuniy oltin savdosi idora hamda DXXning Navoiy viloyati boshqarmalari tomonidan o‘tkazilgan tezkor tadbirda fosh qilingan.
Qayd etilishicha, fuqarolar D.E. va B.R. noqonuniy daromad orttirish maqsadida Samarqand viloyati Paxtachi tumani hududida fuqaro B.ga og‘irligi 474,75 gramm bo‘lgan 1 dona oltinga o‘xshash sariq rangli quyma metallni 287,3 mln so‘mga sotgan vaqtlarida ashyoviy dalillar bilan ushlanganlar.
Ekspertiza xulosasiga ko‘ra, 1 dona sariq rangli metallning 469,52 grammi «999,9» probali sof oltin ekanligi aniqlangan.
Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 177-moddasi (valyuta qimmatliklarini qonunga xilof ravishda olish yoki o‘tkazish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter