Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Samarqandda kuyov qaynota va qaynonasining qotiliga aylandi

Samarqandda kuyov qaynota va qaynonasining qotiliga aylandi

Samarqand viloyati Payariq tumanida 36 yoshli erkak qaynotasi va qaynonasini pichoqlab o‘ldirdi. Bu haqda Bosh prokuratura matbuot kotibi Hayot Shamsutdinov ma’lum qildi.

Xabar qilinishicha, joriy yilning 10-iyun kuni soat 12:00 atrofida 1988 yilda tug‘ilgan M.J. turmush o‘rtog‘i Z.A. bilan oilaviy kelishmovchilik davomida Payariq tumani Nakurt mahallasi Bekto‘pi qishlog‘ida yashovchi qaynotasi R.J. (62 yoshli)ning yashash uyiga kelib janjal chiqargan.

Shundan so‘ng erkak yashash uyi mehmonxonasida dastlab 60 yoshli qaynonasi J.N.ga, so‘ng qaynotasi J.R.ga oshxona pichog‘i bilan ko‘plab kesuvchi va sanchib kiruvchi jarohatlar yetkazgan. Oqibatda N.J. va R.J. olgan og‘ir tan jarohatlari bilan voqea joyida vafot etishgan.

Bosh prokuratura matbuot kotibining qo‘shimcha qilishicha, hozirda mazkur holat yuzasidan J.M.ga nisbatan JKning 97-moddasi 2-qismi «a,j» bandlari bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

Jinoyat ishi bo‘yicha J.M. gumon qilinuvchi tariqasida ishtirok etishga jalb qilinib, himoya huquqi bilan ta’minlangan holda JPKning 221-moddasi tartibida ushlangan.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring