Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Samarqandda «elektroset»ning sobiq muhandisi jinoyat ustida qo‘lga tushdi

Samarqandda «elektroset»ning sobiq muhandisi jinoyat ustida qo‘lga tushdi

Samarqand viloyati Urgut tumanida tadbirkorning 7 000 AQSh dollarini qo‘lga kiritgan elektr ta’minoti korxonasi sobiq muhandisi aniqlandi.

Bosh prokuratura huzuridagi Departament axborot xizmati bergan xabarga ko‘ra, mazkur jinoyat ishi idoraning Samarqand viloyat boshqarmasi tomonidan tadbirkorlik sub’yektlarining huquqlarini himoya qilish yuzasidan o‘tkazilgan tergovga qadar tekshiruvda fosh qilingan.

Qayd etilishicha, Urgut tumani elektr ta’minoti korxonasi sobiq muhandisi A.N. (muqaddam sudlangan) «Z.H.» MChJ hisobchisi F.N.ning ishonchiga kirib, ushbu MChJning quruq mevani qayta ishlash faoliyati uzluksiz ishlashi uchun 14 000 AQSh dollari evaziga alohida elektr tarmog‘ini tortib, yangi transformator o‘rnatishi hamda tegishli hujjatlarini rasmiylashtirib berishini va’da qilib, shundan 7 000 AQSh dollarini firibgarlik yo‘li bilan qo‘lga kiritganligi aniqlangan.

Shuningdek, tekshiruv davomida A.N.tomonidan 7 000 AQSh dollarining qaytarilishi protsessual tartibda rasmiylashtirilgan.

Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda. 

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring