Samarqandda 5 farzandi bo‘lgan ayol o‘z joniga qasd qildi
Ijtimoiy tarmoqlarda Samarqandda 5 farzandning onasi osib o‘ldirilganligi haqida xabarlar tarqaldi.
Viloyat prokuraturasi mazkur xabarni tasdiqlab, hodisa tafsilotlarini ma’lum qildi.
Aniqlanishicha, 2022-yilning 3-oktyabr kunidan 4-oktyabr kuniga o‘tar kechasi Pastdarg‘om tumanida yashagan 43 yoshli S.S. ota-onasi yashab kelayotgan uyning hovlisidagi daraxtga o‘zini osib, joniga qasd qilgan.
Mazkur holat yuzasidan Pastdarg‘om tumani prokuraturasi tomonidan sudga oid tibbiy ekspertiza tayinlangan.
Marhuma S.S.ning o‘z joniga qasd qilganligi sabablarini aniqlash maqsadida uning turmush o‘rtog‘i, oila a’zolari, qo‘ni-qo‘shni va mahalladagilardan tushuntirish xatlari olingan, tegishli tashkilotlarga so‘rov xatlari yuborilgan, xizmat tekshiruvlari tayinlangan.
Xozirda holat yuzasidan tuman prokuraturasi tomonidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter