Safardagi eriga jahl qilib bolasini qiynagan xotinga jinoiy ish ochildi
Kecha, 5-iyun kuni ijtimoiy tarmoqlarda Samarqand viloyati Kattaqo‘rg‘on shahar «Nurafshon» mahallasida yashovchi 1992-yilda tug‘ilgan F.M.(ayol)ning eriga jahl qilib farzandini qiynagani aks etgan videotasvir tarqaldi.
Viloyat IIB holat yuzasidan tergovga qadar tekshiruv harakatlarini olib borib, ayolning eri (qonuniy nikohdan o‘tmagan) ayni damda chet elda ekani va ayol turmush o‘rtog‘i bilan o‘zaro kelishmovchilik natijasida, unga jahl qilib, voyaga yetmagan farzandiga nisbatan jismoniy kuch ishlatib qiynaganini aniqlagan.
Hozirda holat yuzasidan ayolga nisbatan Jinoyat kodeksining 110-moddasi (Qiynash) 2-qismi «a» bandi hamda 112-moddasi (O‘ldirish yoki zo‘rlik ishlatish bilan qo‘rqitish) 1-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borishga kirishildi.
«Bolaning esa sog‘ligi va ahvoli yaxshi, mutaxassislar nazoratiga olingan», – deyiladi rasmiy xabarda.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter