Rossiyaning «Tatneft» kompaniyasi Angrendagi zavodni sotib oldi
Rossiyaning «Tatneft» kompaniyasi O‘zbekistondagi «Birinchi rezinotexnika zavodi» AJni sotib oldi. Bu haqda Rossiya hukumati matbuot xizmati ma’lum qildi.
Hukumat qo‘shma komissiyasi yig‘ilishi yakunlari bo‘yicha kelishuvni «O‘zkimyosanoat» aksiyadorlik jamiyati boshqaruvi raisining birinchi o‘rinbosari Odil Temirov va «Tatneft» aksiyadorlik jamiyati bosh direktori Nail Maganov imzolagan.
Bitim natijasida «Tatneft» korxona ustidan 100% nazoratni qo‘lga kiritdi. Lekin kelishuv narxi oshkor etilmagan.
Ma’lumot uchun, Angrendagi shina ishlab chiqaruvchi zavod 2018-yilda ishga tushgan bo‘lib, korxona qurilishiga 200 million dollar sarflangan. Zavodning ishlab chiqarish quvvati yiliga 3 million dona avtomobil shinalari, 200 ming dona qishloq xo‘jaligi shinalari va 100 ming pogon metr konveyer lentasi ishlab chiqarishni tashkil etadi. Angrendagi zavod ishga tushgunga qadar O‘zbekistonda shinalar ishlab chiqarilmagan.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter