Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Rossiyadagi xonadonlarning birida to‘rt nafar o‘zbekistonlikning jasadi topildi

Rossiyadagi xonadonlarning birida to‘rt nafar o‘zbekistonlikning jasadi topildi

Joriy yilning 13 aprel kuni Kaliningrad shahridagi uyda to‘rt nafar O‘zbekiston fuqarosi jonsiz holatda topilgan.

Vaziyatdan xabardor manbaga ko‘ra, marhumlarning ikki nafari 26 yoshda, boshqalari esa 35 va 42 yoshda bo‘lgan. Taxminlarga ko‘ra, ular 11-13 aprel oralig‘ida vafot etgan.

Voqea joyida tergovchilar ish olib borgan. Dastlabki tekshiruvlarda marhumlarning jasadlarda zo‘raki o‘limning belgilari topilmagan. Fojiaga fuqarolarning is gazidan zaxarlanishi sabab bo‘lgan.

Holat yuzasidan «Ehtiyotsizlik orqasida o‘limga sabab bo‘lish» moddasi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. Prokuratura jinoyat ishini tergov qilish jarayoni va natijalarini nazorat qiladi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring