Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Rossiyada politsiya 15 nafar o‘zbekistonlikni qamab qo‘ydi

Rossiyada politsiya 15 nafar o‘zbekistonlikni qamab qo‘ydi

Rossiyada politsiya 15 nafar o‘zbekistonlikni qamab qo‘ydi.

O‘zbekistonning Rossiyadagi elchixonasi xodimlari vaziyatga aniqliq kiritish maqsadida 2024 yil 8 avgustda Rossiya IIVning Moskva viloyati Odintsova shahar okrugidagi bo‘limida bo‘lishdi.

Uchrashuv davomida, haqiqatda, politsiya bo‘limida 15 nafar O‘zbekiston fuqarosi borligi aniqlandi. Ular Rossiya ichki ishlar boshqarmasi xodimlari tomonidan Odintsova shahar okrugida o‘tkazilgan reyd natijasida hibsga olingan.

«Ularning Moskva viloyati hududida, tegishli ruxsatnomalarni rasmiylashtirmasdan mehnat faoliyatini noqonuniy ravishda olib borishganliklari aniqlandi», – deyiladi xabarda.

Qayd etilishicha, ular keyinchalik Rossiya Federatsiyasidan chiqarib yuborish uchun Rossiya IIVning Moskva viloyati bosh boshqarmasi chet el fuqarolarini vaqtincha saqlash markaziga joylashtirilgan.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring