Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Robaxon Mahmudova: deputatlar ish vaqtining yarmi o‘z saylovchilari yonida o‘tishi kerak

Robaxon Mahmudova: deputatlar ish vaqtining yarmi o‘z saylovchilari yonida o‘tishi kerak

“Adolat” SDPdan Prezidentlikka nomzod Robaxon Mahmudova Qoraqalpog‘iston Respublikasi saylovchilari bilan uchrashuvda parlamentar demokratiyani rivojlantirishga doir o‘z qarashlarini ilgari surdi.

“Biz parlamentarizm va parlament demokratiyasini yanada rivojlantirish yo‘lida ayrim chora-tadbirlarni amalga oshirishni muhim deb bilamiz”, – deydi nomzod.

U, jumladan, qonunlarni to‘g‘ridan-to‘g‘ri ishlaydigan mexanizmlar bilan qabul qilish, bu borada parlament qo‘mitalari ishini kuchaytirish hamda parlament faoliyatida tadbirkorlik sub’yektlari ishiga aralashmaslik va ularga oid masalalarni ijro organlaridan talab qilish kabi tartiblarni amaliyotga joriy qilish kerak deb hisoblaydi.

“Deputatlarning ish vaqtining yarmini albatta o‘z saylovchilari yonida o‘tkazishini belgilovchi tartibni joriy etish kerak, ular aholi bilan birga ishlasin. Shuningdek, parlament qo‘mitalarining raisi va rais o‘rinbosari bitta partiyadan bo‘lishini taqiqlash lozim deb hisoblaymiz”, – deydi u parlamentarizmni rivojlantirishga doir o‘z fikrlarini davom ettirib.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring