Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Ramazon hayiti munosabati bilan o‘zbekistonliklar necha kun dam oladi?

Ramazon hayiti munosabati bilan o‘zbekistonliklar necha kun dam oladi?

«2023-yilda rasmiy sanalarni nishonlash davrida qo‘shimcha ishlanmaydigan kunlarni belgilash va dam olish kunlarini ko‘chirish to‘g‘risida»gi Prezident farmoniga muvofiq 5 kunlik ish haftasida ishlaydigan xodimlar dam olish kunlari:

  • 22-aprel – shanba;
  • 23-aprel – yakshanba;
  • 24-aprel – dushanba (ko‘chirilgan dam olish).

Ya’ni, 5 kun ishlovchilar dushanba kuni dam oladi, ammo 29-aprel – shanba kuni ishlaydilar.

Agar 22-aprel – shanba O‘zbekiston Musulmonlari idorasi ulamolari xulosasi asosida O‘zbekistonda Ramazon hayitining 1-kuni sifatida belgilansa, 21-aprel — juma kuni barcha xodimlar uchun qisqartirilgan ish kuni hisoblanadi.

Eslatib o‘tamiz, Ramazon hayiti hijriy-qamariy hisobda Shavvol oyining ko‘rinishi bilan belgilanadi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring