«Ramazon hayiti kunlari tibbiyot muassasalari uzluksiz ishlaydi» – SSV
Oldinroq, joriy yildagi Ramazon hayiti 2023 yil 21 aprel juma kuniga to‘g‘ri kelishi haqida xabar bergan edik.
Sog‘liqni saqlash vazirligi ushbu muborak ayyom va dam olish kunlarida quyidagi davolash-profilaktika muassasalarining 40 ming nafar tibbiyot xodimi qonunda belgilangan tartibda, navbatchilik asosida aholiga xizmat ko‘rsatishini ma’lum qildi:
– 1257 ta ko‘p tarmoqli va oilaviy poliklinika,
– 1080 ta oilaviy shifokor punkti,
– 1002 ta mahalla tibbiyot punkti,
– tuman, viloyat va respublika shifoxonalari,
– ixtisoslashtirilgan tibbiyot markazlari,
– tibbiyot oliy o‘quv yurtlari klinikalari.
Ma’lum qilinishicha, Respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markazi, uning hududlardagi 13 ta filiali, tumanlardagi 181 ta shoshilinch tibbiy yordam qabul bo‘limi hamda tumanlararo qo‘shma shikastlanishlar va o‘tkir qon-tomir kasalliklari markazlarida 24 soat davomida navbatchi shifokor va hamshiralar faoliyat yuritadi.
Respublika bo‘ylab 2755 ta tez tibbiy yordam brigadasi aholidan bo‘ladigan chaqiriqlar asosida kunu tun xizmat ko‘rsatadi.
Bundan tashqari, 227 ta tug‘uruq, 245 ta bolalar davolash muassasatsi ham uzluksiz ish olib boradi.
Respublika Call-markazi (1003) orqali tibbiyotga tegishli savollaringizga malakali mutaxassislardan kecha-yu kunduz javob olishingiz mumkin.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter