Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Quyi Chirchiqda ish haqi vaqtida berilmagani ortidan janjal kelib chiqdi

Quyi Chirchiqda ish haqi vaqtida berilmagani ortidan janjal kelib chiqdi

Ijtimoiy tarmoqlarda Toshkent viloyati, Quyi Chirchik tumanidagi klaster uch oydan buyon paxta chopiqchilarining oyligini bermay kelayotgan ortidan ishchilar noroziligi aks etgan video tarqaldi. Mazkur holat yuzasidan Quyi Chirchiq tuman hokimligi Axborot xizmati rasmiy ma’lumot berdi.

Qayd etilishicha, joriy yilning 5 iyul kuni «TCT Agro Sluster» MChJni dala ishchilari va idora xodimlari o‘rtasida tushunmovchilik sodir bo‘lgan. Korxonaning qiyin iqtisodiy ahvolda qolganligi uchun ayrim ishchilarga may oyining ish haqqi berilmagan.

Hokimlikning ta’kidlashicha, shundan so‘ng korxona hodisa muammolarini darhol bartaraf etgan. Ishchilarning oylik maoshlari to‘liq to‘lab berilgan. Iyun oyi uchun ish haqqi esa 25 iyulga qadar to‘lab berilishi kafolatlangan.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring