Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Qurilishda loyiha-smeta hujjatlarini tayyorlashning yangi usuliga o‘tiladi

Qurilishda loyiha-smeta hujjatlarini tayyorlashning yangi usuliga o‘tiladi

Prezident ishtirokida bo‘lib o‘tayotgan bugungi yig‘ilishda qurilish sohasidagi loyihalash ishlarining ham talabga javob bermayotgani aytib o‘tildi. Qayd etilishicha, amaldagi loyihalash jarayonlari va qurilish ishlari «resurs usuli»ga asoslangan.

«Resurs usuli»da 1 ta maktab qurish uchun qancha ishchi kerak, qancha yoqilg‘i va nechta texnika ishlatiladi, texnikaning turi qanaqa bo‘lishi kerak, degan yuzlab shartlar kiritilgan.

«Hajm usuli»da esa pudratchidan yakuniy natija so‘raladi. Muhimi, quruvchi ob’yektni o‘z vaqtida va sifatli topshirsa bo‘ldi.

Bundan tashqari, loyiha, tender, qurilish va ob’yektni qabul qilish bilan bog‘liq barcha jarayonlarda korrupsiya holatlari uchrab turibdi.

Endilikda loyiha qilishdan boshlab, obyektni foydalanishga topshirishgacha bo‘lgan barcha jarayonlar ham, ularning nazorati ham yangicha tashkil etiladi.

Eng avvalo, kelgusi yil 1-yanvardan barcha loyiha-smeta hujjatlarini tayyorlash, ishlarni amalga oshirish, shuningdek, ularni qabul qilishda «resurs usuli»dan voz kechilib, «hajm usuli»ga o‘tiladi.

Bu tartib 1-iyuldan yo‘l, ichimlik suvi va ko‘prik qurilishi loyihalarida joriy qilinishi belgilandi. 

Shuningdek, qurilishni korrupsiyadan xoli sohaga aylantirish maqsadida 1 iyuldan:

  • qurilishda tuziladigan barcha shartnomalar raqamlashtiriladi;
  • pudratchi tashkilotlar bajargan qurilish ishlari faqat soliq organiga taqdim etilgan elektron hisob-fakturadan kelib chiqib moliyalashtiriladi;
  • ob’yektni foydalanishga qabul qilish jarayoni raqamlashtirilib, dalolatnomalar “Shaffof qurilish” orqali tasdiqlanadi;
  • 10 milliard so‘mdan ortiq loyihalar bo‘yicha subpudratchilarni faqat va faqat “Shaffof qurilish” tizimi orqali tanlash tartibi yo‘lga qo‘yiladi. Ushbu tartib xalqaro moliya tashkilotlari bilan amalga oshirilayotgan loyihalarga ham tatbiq etiladi;
  • ishlab chiqaruvchi ham, quruvchi ham, nazorat qiluvchi ham qayerda qaysi qurilish materiali qancha pul turishini onlayn kuzatib boradigan tizim bo‘ladi.
Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring