Qozog‘istondan «kirib kelayotgan» Afrika filining tishi to‘xtatib qolindi
Qozog‘istondan «G‘ishtko‘prik» chegara bojxona posti orqali O‘zbekiston hududiga Afrika filining tishi hamda 180 dona bug‘u shoxlarini yashirin tarzda olib o‘tishga uringanlik holati aniqlandi.
Xabarda aytilishicha, xorij davlatidan O‘zbekistonga kirib kelgan fuqaro boshqaruvidagi «Cobalt» rusumli avtotransport vositasi bojxona ko‘rigidan o‘tkazilganda o‘rindiqning ost qismiga yashirincha joylangan, yo‘lovchi bojxona deklaratsiyasida ko‘rsatilmagan, hech qanday xujjatlari bo‘lmagan, umumiy qiymati 32 mln so‘mlik, 180 dona bug‘u shoxlari va 1 dona fil tishi borligi aniqlangan.
Ma’lum qilinishicha, filning barcha turlari va tana a’zolari Halqaro tabiatni muhofoza qilish ittifoqining Qizil ruyxatiga kiritilgan.
Hozirda holat yuzasidan tekshiruv harakatlari olib borilmoqda.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter