Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

«Qo‘shib yozilgan va qarovsiz qoldirilgan daraxtlar ishi»ni Bosh prokuratura nazoratga oldi

«Qo‘shib yozilgan va qarovsiz qoldirilgan daraxtlar ishi»ni Bosh prokuratura nazoratga oldi

Joriy yil 4-iyul kuni Oliy Majlis Quyi palatasi majlisida ekologiya vaziri Aziz Abduxakimov «Yashil makon» milliy loyihasi doirasida 2 milliondan ortiq ekilmagan ko‘chatlarni hisobotlarda «ekildi» deb o‘tkazilgani hamda 9 milliondan ortiq ko‘chatlar sug‘orib bo‘lmaydigan joylarga ekilgani yoki qarovsiz qoldirilgani haqida ma’lum qilgan edi.  

Bosh prokuratura Ekologiya vazirligi mutaxassislari bilan birgalikda ishchi guruh tuzib, holatga qonuniy baho berish va aybdor shaxslarga nisbatan tegishli chora ko‘rish yuzasidan o‘rganish ishlarini  boshlaganini ma’lum qildi.

Qayd etilishicha, Quyi palatadagi yalpi majlisda Bosh prokuraturaning  Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va o‘rmon xo‘jaligi sohasidagi qonunchilik ijrosi ustidan nazorat boshqarmasi boshlig‘i O‘ktam O‘tayev ham ishtirok etgan va ma’ruzada keltirilgan kamchiliklar Bosh prokuratura tomonidan alohida nazoratga olingan. 

 

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring