Qoraqalpog‘istonda 20 yoshli qiz 17 yoshli qizni «samosud» qildi
Ijtimoiy tarmoqlarda qizlar o‘zaro janjallashayotgani aks etgani video tarqaldi. Holat yuzasidan Qoraqalpog‘iston IIV rasmiy ma’lumot berdi.
Ma’lumotga ko‘ra, joriy yilning 10-avgust kuni soat 17:00 larda Ellikqal’a tumani Q.Nurumbetov ko‘chasi 54-uyda yashovchi 24.06.2002 yilda tug‘ilgan B.Z Ellikqal’a tumani Markaziy dehqon bozorining janubiy tomonida joylashgan do‘konlar oldida jamiyatda o‘rnatilgan yurish-turish qoidalarni qasddan mensimasdan, bezorilik jinoyatini sodir qilish maqsadida Ellikqal’a tumani A.Temur ko‘chasi 21-uy 13-xonadonda yashovchi 02.03.2005 yilda tug‘ilgan, voyaga yetmagan fuqaro Sh.L. bilan o‘rtalarida kelib chiqqan kelishmovchiliklarni o‘zaro mustaqil ravishda hal qilishni xohlab, atrofdagi odamlarning ko‘z oldida namoyishkorona fuqaro Sh.L ning tanasining ko‘plab joylariga ko‘l va oyoqlari bilan bir necha marotaba urib, tepib qasddan bezorilik jinoyatini sodir qilgan.
Mazkur holat bo‘yicha Ellikqal’a tuman IIB huzuridagi Tergov guruhi tomonidan, tergovga qadar surishtiruv ishlari olib borilmoqda
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter