Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Qoraqalpog‘iston aholisini tibbiy ko‘rikdan o‘tkazish uchun «Salomatlik poyezdi» yo‘lga chiqdi

Qoraqalpog‘iston aholisini tibbiy ko‘rikdan o‘tkazish uchun «Salomatlik poyezdi» yo‘lga chiqdi

Sog‘liqni saqlash vazirligi «O‘zbekiston temir yo‘llari» AJ va «Sog‘lom avlod uchun» xalqaro xayriya fondi bilan hamkorlikda yana bir salomatlik aksiyasiga start berdi. Sog‘liqni saqlash vazirligi Matbuot xizmati xabar berdi.

Ushbu aksiya orqali Orolbo‘yi mintaqasining havo yo‘llari tarmoqlari yo‘q, avtomobillar harakati uchun sharoitlar yetarli bo‘lmagan uzoq hududlari aholisini tibbiy ko‘rikdan o‘tkazish, ularga zarur dori vositalari va tibbiy sarflov materiallarini yetkazib berish maqsad qilingan.

«Salomatlik poyezdi»ga 1,5 milliard so‘m miqdoridagi 5 tonnadan ortiq dori vositalari va tibbiy materiallar yuklangan bo‘lib, ular orasida profilaktika maqsadida qabul qilinadigan vitaminlar, mikroelementlar hamda kardiologik, endokrinologik dori-darmonlar, shuningdek, shaxsiy gigiyena vositalari mavjud.

Bu poyezdlarda hududlarga yo‘l olgan Respublika ixtisoslashtirilgan tibbiyot markazlarining jami 200 nafardan ziyod malakali mutaxassislari aholini chuqurlashtirilgan tibbiy ko‘rikdan o‘tkazadi.

 

 

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring