Qirg‘izistonga tashrifning rasmiy qismi 27-yanvarga mo‘ljallangan
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.M. Mirziyoyev 26-27-yanvar kunlari ikki kunlik davlat tashrifi bilan Qirg‘izistonga boradi.
Bishkek shahriga yetib kelish bilan ikkita qisqa folklor-musiqiy chiqishlar namoyishi ko‘zda tutilmoqda.
Rasmiy tadbirlarni o‘tkazish 27-yanvarga mo‘ljallangan. Shu kunning o‘zida rasmiy uchrashuv va birgalikda suratga tushish marosimi bo‘lib o‘tadi.
Undan so‘ng tor doiradagi va kengaytirilgan tarkibdagi muzokaralar bo‘lib o‘tadi.
O‘tkazilgan uchrashuvlar natijalari bo‘yicha ikki tomonlama hujjat almashish va OAV vakillari uchun bayonot bo‘lib o‘tadi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter