Qaynoq suvda «sug‘orilgan» daraxtlarga shikast yetmagan – Ekoboshqarma

25-oktyabr, seshanba kuni Yangihayot tumani Yo‘ldosh-3 mavzesi yo‘l yoqasidagi daraxtlarning tagidan issiq suv oqayotganligi haqida xabar berilgan edi.
Ushbu vaziyatga oydinlik kiritish maqsadida Toshkent shahar Yangihayot tumani Ekologiya bo‘limi xodimlari tegishli tashkilotlar bilan hamkorlikda o‘rganish ishlarini olib borishdi.
O‘rganish davomida Toshkent shahar Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish boshqarmasi axborot xizmati hozirda Toshkent shahrining ba’zi hududlarida issiq suv tarmog‘ini qishki mavsumga tayyorlash chog‘ida suvning sizib chiqishi bilan bog‘liq holat kuzatilgani aniqlandi.
Ushbu holat o‘z vaqtida bartaraf etilib, mavjud daraxtlarga shikast yetmaganligini ma’lum qildi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter