Qarshidagi bog‘cha qariyb 700 million so‘mlik gazdan noqonuniy foydalangani aniqlandi

Bosh prokuratura huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamentining Qarshi shahri bo‘limi tomonidan o‘tkazilgan tezkor tadbir davomida katta miqdorda gaz o‘g‘irlangani aniqlandi.
Fuqaro O‘.E. «G». nodavlat maktabgacha ta’lim muassasasini davlat ro‘yxatidan o‘tkazib, faoliyatiga norasmiy rahbarlik qilib kelgan va ushbu muassasa binosida umumiy foydalanishdagi gaz tarmog‘iga to‘g‘ridan-to‘g‘ri ulanib, jami 697,4 mln so‘mlik tabiiy gazdan noqonuniy foydalanganligi aniqlangan.
Holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 169-moddasi (o‘g‘rilik) bo‘yicha jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, hozirda tergov harakatlari olib borilmoqda.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter