Rossiyada qarovsiz qolib ketgan 12 nafar bola O‘zbekistonga olib kelindi
Rossiyada qarovsiz qolib ketgan 12 nafar voyaga yetmagan O‘zbekiston fuqarosi Toshkentga olib kelindi.
Vazirlar Mahkamasining «Xorijda ota-onasi qaramog‘idan mahrum bo‘lgan O‘zbekiston fuqarolarining bolalarini O‘zbekistonga qaytarish tartibini takomillashtirish to‘g‘risida»gi qarori va IIVning tegishli farmoyishiga asosan ishchi guruh tuzilgan.
Ishchi guruh a’zolari Rossiyaning turli shaharlarida bolalar qayerda saqlanayotgani, ularning salomatligi qay ahvolda ekanini aniqlab, kerakli hujjatlarni to‘plagan.
Safar davomida qabul qilib olingan bolalarning har biri SSV xodimlari tomonidan tibbiy ko‘rikdan o‘tkazildi va ular vatanga olib kelindi. Bu ishlarni amalga oshirishda O‘zbekistonning Rossiyadagi elchixonasi yordam bergan.
Turli sabablar bilan qarovsiz qolib ketgan 12 nafar bola Toshkent shahar IIBBning voyaga yetmaganlarga ijtimoiy-huquqiy yordam ko‘rsatish markaziga va mehribonlik uylariga joylashtirildi, bolalarga malakali psixologlar yordam ko‘rsatadi.
Olib kelingan bolalarning yaqinlarini topish, ularga sog‘-salomat topshirish ishlari boshlangan.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter