Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Qamchiqdagi YTHda yuk mashinasining haydovchisi vafot etgani ma’lum bo‘ldi

Qamchiqdagi YTHda yuk mashinasining haydovchisi vafot etgani ma’lum bo‘ldi

Avvalroq, «Toshkent – O‘sh» xalqaro avtomobil yo‘lining Qamchiq dovoniga o‘tuvchi 259-kilometrida yuk mashinasi va uchta yengil avtomobil ishtirokida YTH sodir bo‘lgani. To‘qnashuv natijasida lak-bo‘yoq mahsulotlarini olib ketayotgan yuk mashinasi yonib ketgani haqida xabar bergan edik.

FVV Matbuot xizmatining xabar berishicha, yong‘in to‘liq o‘chirilgandan so‘ng yuk mashinasining haydovchisi vafot etgani ma’lum bo‘lgan.

Shuningdek, ushbu hodisa natijasida 6 kishi jabrlangan, ular eng yaqin tibbiyot muassasasiga yotqizilgan.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring