Putin Shavkat Mirziyoyev va O‘zbekiston xalqini Mustaqillik bayrami bilan tabrikladi
Rossiya prezidenti Vladimir Putin O‘zbekiston Respublikasi Mustaqilligining 31 yilligi munosabati bilan davlat rahbari Shavkat Mirziyoyevga tabrik xati yo‘lladi.
«Hurmatli Shavkat Miromonovich!
O‘zbekiston Respublikasining milliy bayrami – Mustaqillik kuni munosabati bilan samimiy tabriklarimizni qabul qiling.
Mamlakatingiz iqtisodiy va ijtimoiy sohalarda umume’tirof etilgan muvaffaqiyatlarga erishdi. O‘zbekiston haqli ravishda jahon miqyosida yuksak nufuzga ega, xalqaro kun tartibidagi dolzarb masalalarni hal etishda muhim o‘rin tutadi.
Davlatlarimiz o‘rtasidagi munosabatlar strategik sheriklik va ittifoqchilik ruhida jadal rivojlanmoqda. Ishonchim komilki, biz birgalikdagi sa’y-harakatlar bilan o‘zaro manfaatli ikki tomonlama aloqalarning barcha ko‘lamini yanada mustahkamlaymiz. Bu, shubhasiz, do‘st Rossiya va O‘zbekiston xalqlari manfaatlariga javob beradi va Markaziy Osiyo mintaqasida barqarorlik va xavfsizlikni mustahkamlashga hamohangdir.
Sizga, muhtaram Shavkat Miromonovich, chin qalbimdan mustahkam sog‘lik va muvaffaqiyatlar, barcha yurtdoshlaringizga baxt va farovonlik tilayman», – deyiladi RF prezidenti tabrigida.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter