Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Qashqadaryoda pul evaziga sog‘lom odamni ruhiy kasal deb tan olgan shifokor qo‘lga olindi

Qashqadaryoda pul evaziga sog‘lom odamni ruhiy kasal deb tan olgan shifokor qo‘lga olindi

Qashqadaryo viloyati 1-sonli asab-ruhiy kasalliklar dispanseri bosh shifokori vazifasini bajaruvchi va vrachlar maslahati komissiyasi raisi lavozimida ishlovchi shaxs pora bilan ushlandi.

Ma’lum qilinishicha, shifokor 4 million 3 ming so‘m pul evaziga fuqaroga nogironligi to‘g‘risida xulosa tayyorlab berishi kerak bo‘lgan. Shifokor dispanserda davolangani aytilayotgan fuqaroning kasallik tarixini to‘ldirib, uni ruhiy kasal sifatida qayd etgan.

Aslida fuqaro dispanserga kelmagan bo‘lsa ham, shifokor rasmiy hujjatlarni qalbakilashtirib, xizmat xonasida 4,3 mln so‘m pullarni olayotgan vaqtida qo‘lga olingan.

Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining tegishli moddalari bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring