Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Prezidentlik saylovi qanday o‘tdi? (video)

Kecha, 9-iyul kuni mamlakatimizda prezidentlik saylovi bo‘lib o‘tdi. Erta tong – soat 08:00 da aholi prezidentlikka nomzodlarga ovoz berishni boshladi. 

Saylovlar demokratik jamiyatning asosiy jihati bo‘lib, fuqarolar o‘z vakillarini tanlashi, mamlakat taraqqiyoti yo‘nalishini belgilovchi muhim qarorlar qabul qilish mexanizmi bo‘lib xizmat qiladi. Ushbu mas’uliyatni esa kecha aholining turli qatlamlari o‘z fuqarolik pozitsiyasiga ko‘ra namoyon etdi.

Xabar.uz Toshkent shahrida joylashgan 360, 518, 519-saylov uchastkalariga borib, jarayonlarga guvoh bo‘ldi va bir nechta kuzatuvchilar fikri bilan qiziqdi.

– Hozirgi vaqtgacha bir nechta saylov uchastkalariga tashrif buyurishga ulgurdim. Saylov jarayonlari puxta tashkil etilgan va ro‘yxatga olish jarayonlari zamonaviy. G‘arb davlatlari bilan solishtirsak-da, masalan, Yevropa standartlariga to‘liq mos keladi. Jarayonlar ochiq va kuzatuv davomida hozircha muammoga duch kelganim yo‘q, – dedi biz bilan suhbatda Mayes Peter Dermot (Buyuk Britaniya, kuzatuvchi)

– Bugun ilk bor Prezident saylovlarida kuzatuvchi sifatida ishtirok etdim. Ilgari bunday tajriba bilan duch kelmaganman. Ertalab turli saylov uchastkalarida bo‘ldim va aholi bunday kunni bayramona qarshi olar ekan. Yana bir e’tibor bergan jihatim shundaki, turli yoshdagi aholi qatlami siyosiy hayotda aktivlikni saqlab qolgan ekan. Yosh-u qariyalarning ham va o‘rta yoshlilarning ham mamlakatning siyosiy hayotiga befarq emasligiga guvoh bo‘ldim.

Jurnalist sifatida ma’lumot olishda qiyinchiliklarga duch kelganim yo‘q. Zero, jurnalist uchun statistik raqamlar bilan ishlash juda muhim. Bu borada esa ma’lumotlarni operativ yetkazish bilan muammo yo‘q. Eng asosiysi, matbuot anjumanlarida muhim masalalar bo‘yicha doimiy tanishtiruv olib borilayapti va mas’ul shaxslar tadbir ishtirokchilarida yuzaga kelgan savollarning barchasiga to‘liq javob berishmoqda, – dedi Nargiz Mamedova (Report axborot agentligi, Ozarbayjon)

– Turli davlatlardan tashrif buyurgan 250 dan ortiq kuztuvchilar faoliyati bilan biroz tanishtirmoqchiman, – dedi YeXHTning saylovlarni kuzatish missiyasi rahbari Ursula Gachek intervyu davomida. – Hozir sizlar bilan Toshkent shahrining 518-saylov uchastkasidamiz, lekin ta’kidlamoqchimanki, kuzatuvchilar hattoki Taxtako‘pir kabi chekka hududlarni ham ko‘zdan kechirishga ulgurishdi. Biz ilmiy metodologiya asosida kuzatuv ishlarini amalga oshiryapmiz. Unda detallashtirilgan savollar mavjud va bu esa jarayonni to‘liq baholashga yordam beradi. Biz qo‘llaydigan mana bu elektron ruchkalar real vaqt tartibida ma’lumotlarni uzatish imkonini beradi. Anketa to‘ldirilgan zahoti statistikani shakllantirish imkoniyati mavjud.

Asosan biz to‘rtta muhim jihatlarga e’tibor qaratamiz. Saylov uchastkalarida ovoz berish jarayonlari boshlanmasdan, bizning kuzatuvchilarimiz tayyorgarlik jarayonlarini ko‘zdan kechirishdi. Kun davomida esa mingdan ortiq blanklar to‘ldirilib, statistik tekshiruvga uzatiladi. Saylov jarayonlarida esa ro‘yxatdan o‘tish va ovoz berish jarayonlari to‘liq kuzatiladi. Eslatib o‘tamiz, barcha jarayonlar va ma’lumotlar onlayn tarzda uzatiladi, shuning uchun statistik ko‘rsatkichlar real vaqt tartibida o‘zgarib boradi. Saylov uchastkalarining ish faoliyati yakunlanganidan keyin esa ovozlarni sanash jarayoni boshlanadi. Yakuniy bosqichda esa 14 ta okrug uchastkalarida tabulyasiya jarayonlariga guvoh bo‘lamiz. Bu jarayonlar to‘liq yakunlangandan keyin, tahlillar markaziy saylov kommisiyasiga uzatiladi. Bizning faoliyatimiz keng ko‘lamli va chuqur tahlillarga asoslangan.

– Men Pokistondan tashrif buyurdim, bugun ilk bor saylov jarayonlarida kuzatuvchi sifatida qatnashayapman, – dedi Zahid Xuseyn Karaniy (Pokiston). – To‘g‘risi, hayron qoldim, erta tong bo‘lishiga qaramay saylovchilar juda ko‘p kelishyapti. Ovoz berish jarayoni ham tez amalga oshirilmoqda, odamlarning ko‘p bo‘lishiga qaramay kutishga to‘g‘ri kelgani yo‘q. Bu tashrif buyurgan ilk saylov uchastkam hisoblanadi. Boshqa saylov uchastkalaridagi jarayonlar bilan ham tanishib chiqmoqchiman.

Kecha saylovlar yurtdoshlarimizning ana shunday faolligi ostida o‘tdi. Barcha tafsilotlar bilan Xabar.uz’ning yutubdagi sahifasida to‘liq tanishishingiz mumkin.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring