Prezident huzurida Tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha Jamoatchilik kengashi tuziladi
Bugun, 22-avgust kuni Toshkent shahrida bo‘lib o‘tgan Prezident Mirziyoyev va tadbirkorlar o‘rtasida bo‘lib o‘tgan ochiq muloqotda ko‘tarilgan masalalar ijrosi yuzasidan, xususan, aytilgan takliflarni amalga oshirish uchun Prezident huzurida Tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha Jamoatchilik kengashi tuziladi.
Bu haqda Prezident matbuot xizmati ma’lum qilmoqda.
Uchrashuvda Prezident Administratsiyasi rahbariga ikki hafta muddatda ushbu kengash ishini tashkil qilish vazifasi topshirildi.
Davlat rahbari uchrashuv so‘nggida tadbirkorlar bilan fikr almashdi va ularning taklif hamda tashabbuslarini tingladi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter