Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Ploggingda ishtirok eting va keng ko‘lamli ekologik harakatning bir qismiga aylaning

Ploggingda ishtirok eting va keng ko‘lamli ekologik harakatning bir qismiga aylaning

Joriy yilning 27 avgust kuni Toshkentda aholi salomatligini mustahkamlash va atrof-muhitni asrashga qaratilgan ekologik yugurish musobaqasi – UZPLOGGING bo‘lib o‘tadi.

Har bir yuguruvchiga futbolka va qayta ishlangan plastik chiqindilardan tayyorlangan o‘ziga xos medal beriladi. Eng ko‘p plastik to‘plagan uch nafar g‘olib tashkilotchilar tomonidan 1 000 000 so‘m miqdorida pul mukofotlariga ega bo‘ladi.

Ommaviy ekologik harakatga havolasim orqali mutlaqo bepul qo‘shilishingiz mumkin.

Tadbirda ishtirok etish shartlari: 1. Yuqoridagi havola orqali ro‘yxatdan o‘ting; 2. «Ekopark»da joylashgan chiqindi yig‘ish punktigacha yo‘lda plastmassa yig‘ib, kamida 3 km masofani bosib o‘ting va «Strava», «treker» yoki shunga o‘xshash dastur yordamida harakatni yozib oling;3. Yig‘ilgan plastmassani yig‘ish punktiga topshirgandan so‘ng, yutuqni ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalaringizda yugurish tashkilotchilari: @ecology_uzb va hamkorlar: @prorun.uz,   @sanfa_uzni belgilab,  #uzplogging #esologiyavazirligi #prorunuz xeshteglaridan foydalangan holda e’lon qiling.

Ishtirokchilarning to‘planishi: soat 10:00

Qabul punktlarining ish vaqti: 10:00 dan 19:00 gacha

Yig‘ilgan plastmassa qayta ishlanadi.

Tadbir Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligi tomonidan ProRun yugurish maktabi bilan hamkorlikda tashkil etilmoqda.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring