Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

«Perevod» qilib berishni va o‘qishga kiritib qo‘yishni va’da qilganlar ushlandi

«Perevod» qilib berishni va o‘qishga kiritib qo‘yishni va’da qilganlar ushlandi

Huquq organlari tomonidan o‘tkazilgan tezkor tadbirlarda:

— fuqaro A.U. fuqaro J.R.ni tanishlari yordamida 8 ming dollar evaziga Chimkent davlat universitetida o‘qiyotgani haqida hujjat tayyorlab, o‘qishini Toshkent tibbiyot akademiyasiga ko‘chirtirib berish uchun oldindan 4 ming dollar olgan vaqtida;

— fuqaro O.X. fuqarolar G.R. va A.A.ning Tojikiston universitetidagi o‘qishini Chirchiq davlat pedagogika institutiga  ko‘chirtirib berish evaziga 6 ming dollar olganda;

— fuqaro D.A. fuqaro M.A.ni Andijon davlat universitetiga 2-bosqichdan o‘qishga kiritib qo‘yish evaziga 4 ming dollar olgan vaqtida dalillar bilan ushlangan.

Bu holatlar yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi — firibgarlik va 28, 211-moddasi — pora berish bilan jinoyat ishlari qo‘zg‘atilib, tergov boshlangan.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring