Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

«Paynet»dan pul o‘marganlar ushlandi

«Paynet»dan pul o‘marganlar ushlandi

Andijonda «Paynet» shoxobchalaridagi apparatlardan katta miqdordagi pul mablag‘lari o‘g‘irlandi.

Viloyat prokuraturasi bergan xabarga ko‘ra, o‘g‘rilik fuqaro D.Yu. va boshqalar tomonidan sodir etilgan. Ijtimoiy tarmoqlarda shoxobchalardan 60 mln so‘mdan ortiq pul o‘g‘irlangani aytilgandi, rasmiy ma’lumotda bu haqda aniqlik kiritilmagan.

Hozirda «S-A-F» MChJga tegishli bo‘lgan Andijon tumani va Andijon shahar hududidagi bankomatlardan pul mablag‘i o‘g‘irlanganligi holati yuzasidan Andijon shahar IIO FMB huzuridagi Tergov bo‘limi tomonidan mazkur shaxslarga nisbatan JK ning 169-moddasi 2-qismi «v» bandi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. Dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.

Jinoyat ishining tergovi viloyat prokuraturasi tomonidan nazoratga olingan.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring