Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Toshkentda pandemiyada vafot etgan shifokorlar xotirasiga daraxt ekildi (foto)

Toshkentda pandemiyada vafot etgan shifokorlar xotirasiga daraxt ekildi (foto)

29-oktyabr kuni «G‘alaba bog‘i» yodgorlik majmuasining kirish qismi yonida tashkil etilgan Tibbiyot xodimlari xotirasi xiyobonida daraxt ekish aksiyasi bo‘lib o‘tdi. Bu haqda poytaxt hokimligi ma’lum qildi.

Har bir daraxt pandemiya davrida vafot etgan shifokor yoki hamshira xotirasi uchun ekilib, uning oldiga ismlar ko‘rsatilgan kichik peshlavha ham o‘rnatilgan.

Aksiya tashabbuskori – O‘zbekiston Landshaft san’ati uyushmasi direktori Tatyana Yugayning aytishicha, bu safar jami 90 tup daraxt ekilgan bo‘lib (qayrag‘och, chinor, zarang, shumtol va katalpalar), o‘tgan yilning kuzida 60 tup daraxt o‘tqazilgan edi. Pandemiya davrida jami 600 nafar tibbiyot xodimi jonini fido qilgan, qolgan 450 nafarining xotirasiga ham daraxtlar ekiladi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring