Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

«O‘zgidromet» xabar beradi: 12 aprel kuni ob-havo qanday bo‘ladi?

«O‘zgidromet» xabar beradi: 12 aprel kuni ob-havo qanday bo‘ladi?

Foto: Xabar.uz

O‘zbekiston gidrometeorologiya xizmati agentligi ertaga, 12-aprel kuni respublikamiz hududida kuzatiladigan ob-havo ma’lumotini e’lon qildi.

Toshkent shahrida havo bir oz bulutli bo‘lib, vaqti-vaqti bilan ozroq yomg‘ir yog‘adi. Sharqiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib, g‘arbdan 5-10 metr/soniya tezlikda esadi, 12-14 metr/soniyagacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi 13-15 daraja, kunduzi 19-21 daraja bo‘ladi.

Qoraqalpog‘iston Respublikasi va Xorazm viloyatida havo bir oz bulutli bo‘ladi, kechasi va ertalab ba’zi joylarda bir oz yomg‘ir yog‘adi, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin. G‘arbdan shamol yo‘nalishini o‘zgartirib, sharqdan 7-12 metr/soniya tezlikda esadi, ba’zi joylarda 15-20 metr/soniyagacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi 9-14 daraja, kunduzi 18-23 daraja bo‘ladi.

Buxoro va Navoiy viloyatlarida havo bir oz bulutli bo‘ladi, ba’zi joylarda yomg‘ir yog‘adi, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin. Sharqiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib, g‘arbdan 7-12 metr/soniya tezlikda esadi, ba’zi joylarda 15-20 metr/soniyagacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi 12-17 daraja, kunduzi 20-25 daraja bo‘ladi.

Toshkent, Samarqand, Jizzax va Sirdaryo viloyatlarida havo bir oz bulutli bo‘ladi, ba’zi joylarda yomg‘ir yog‘adi, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin. Sharqiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib, g‘arbdan 7-12 metr/soniya tezlikda esadi, ba’zi joylarda 15-20 metr/soniyagacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi 10-15 daraja, kunduzi 17-22 daraja bo‘ladi.

Qashqadaryo va Surxondaryo viloyatlarida havo bir oz bulutli bo‘ladi, ba’zi joylarda yomg‘ir yog‘adi, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin. Sharqiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib, g‘arbdan 7-12 metr/soniya tezlikda esadi, ba’zi joylarda 15-20 metr/soniyagacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi 13-18 daraja, kunduzi 20-2 daraja bo‘ladi.

Andijon, Namangan va Farg‘ona viloyatlarida havo bir oz bulutli bo‘ladi, kechga tomon bir oz yomg‘ir yog‘ishi mumkin. Shamol sharqdan 7-12 metr/soniya tezlikda esadi, ba’zi joylarda 15-20 metr/soniyagacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi 10-15 daraja, kunduzi 20-25 daraja bo‘ladi.

Respublikaning tog‘li hududlarida havo bir oz bulutli bo‘ladi, ba’zi joylarda yomg‘ir yog‘adi, ayrim joylarda kuchli bo‘lishi mumkin, baland tog‘larda yog‘ingarchilik (yomg‘ir, qor) bo‘ladi. Sel-suv toshqin hodisalari yuzaga kelishi mumkin. Qor ko‘chish xavfi bor. Sharqiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib, g‘arbdan 7-12 metr/soniya tezlikda esadi, ba’zi joylarda 15-20 metr/soniyagacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi 5-10 daraja iliq, kunduzi 12-17 daraja iliq bo‘ladi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring