Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

O‘zgidromet hafta oxirida yomg‘ir yog‘ishini prognoz qilyapti

O‘zgidromet hafta oxirida yomg‘ir yog‘ishini prognoz qilyapti

O‘zgidromet 4-6-oktyabr kunlari uchun ob-havo ma’lumotlarini e’lon qildi.

Unga ko‘ra, respublikaning shimoli g‘arbida yog‘ingarchilik kutilmaydi, faqat 5-6-oktyabr kunlari ba’zi joylarda yomg‘ir yog‘ishi mumkin. Sharqiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib, g‘arbdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 10-15 daraja iliq, kunduzi esa 25-30 daraja iliq atrofida bo‘ladi.

Respublikka janubida esa havo o‘zgarib turadi, 4-5-oktyabrda yog‘ingarchilik kutilmaydi, 6-oktyabrda ba’zi joylarda yomg‘ir yog‘ishi mumkin. Sharqiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib, g‘arbdan 7-12 m/s tezlikda esadi, 6-oktyabrda ba’zi joylarda 13-18 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi 12-17 daraja, kunduzi esa 4-5-oktyabrda 27-32 daraja iliq bo‘ladi.

Shimoli-sharq hududlarda ham havo o‘zgarib turadi, 4-5-oktyabrda yog‘ingarchilik kutilmaydi, 6-oktyabrda ba’zi joylarda yomg‘ir yog‘ishi mumkin Sharqiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib, g‘arbdan 7-12 m/s tezlikda esadi, 6-oktyabrda ba’zi joylarda 13-18 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi 10-15 daraja, kunduzi 4-5-oktyabrda 23-28 daraja iliq bo‘ladi.

Respublikaning tog‘oldi va tog‘li hududlarida havo o‘zgarib turadi, 4-oktyabrda yog‘ingarchilik kutilmaydi, 5-6-oktyabrda ba’zi joylarda yomg‘ir yog‘ishi mumkin.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring