O‘zganing bank kartasidan pul o‘g‘irlab qimorga tikib yuborgan shaxs ushlandi
Surxondaryo viloyati Termiz shahrida yashovchi fuqaro N.N. ariza bilan murojaat qilib, arizasida o‘ziga tegishli bo‘lgan bank kartasidagi jami 1 mln 262 ming so‘m pullar noma’lum shaxslar tomonidan yechib olinganligini bildirgan.
IIV Kiberxavfsizlik markazi bergan ma’lumotga ko‘ra, tezkor-qidiruv tadbirlarida bank kartasidagi pullarni o‘g‘irlagan shaxs Termiz tumanida yashovchi, 2001-yilda tug‘ilgan D.J. ekanligi aniqlangan.
Surishtiruv ishlari davomida, D.J. ushbu jinoyatni N.N.ning bank kartasini «ZOOD-PAY» ilovasiga ulagan holda pullarini boshqarish huquqini qo‘lga kiritib, mablag‘larini «1xbet» onlayn tavakkalchilikka asoslangan o‘yiniga tikib yutqazib qo‘yganligi aniqlandi.
Ushbu fuqaroga nisbatan JKning 169-moddasi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borildi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter