Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

O‘zbekistonning MO davlatlari bilan «oldi-berdi»si 5,4 mlrd dollarga yetdi

O‘zbekistonning MO davlatlari bilan «oldi-berdi»si 5,4 mlrd dollarga yetdi

O‘zbekistonning Markaziy Osiyo davlatlari tashqi savdo hajmi 2023-yil yanvar-sentyabr oylarida 5,4 mlrd dollarga yetdi. Bu O‘zbekiston umumiy savdo hajmining 12 foizini tashkil etadi.

Ya’ni:

  • Qozog‘iston – 3,2 mlrd dollar;
  • Turkmaniston – 830,2 mln dollar (+7,9 foiz); 
  • Qirg‘iziston – 753,8 mln dollar;
  • Tojikiston – 545,4 mln dollar (+15,1 foiz).

Tashqi savdo aylanmasida eksport 2,2 mlrd dollarni, import esa 3,2 mlrd dollarni tashkil qilgan.

Mazkur ma’lumotlarga ko‘ra, O‘zbekistonning Tojikiston va Qirg‘iziston bilan o‘zaro savdo aylanmasida ijobiy tendensiya kuzatilgan, ya’ni importga nisbatan eksportning ulushi yuqori bo‘lgan (mos ravishda – eksport – 437 mln dollar, import – 108,4 mln dollar, eksport – 537,4 mln dollar, import – 216,3 mln dollar). 

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring