Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

O‘zbekistonning Markaziy Osiyo davlatlari bilan savdo aylanmasi 7,5 mlrd dollarga yetdi

O‘zbekistonning Markaziy Osiyo davlatlari bilan savdo aylanmasi 7,5 mlrd dollarga yetdi

2022-yil yakuniga ko‘ra, O‘zbekistonning Markaziy Osiyo davlatlari tashqi savdo hajmi 17,2 foizga o‘sib, 7,5 mlrd AQSh dollariga yetdi.Bu mamlakat umumiy savdo hajmining 15 foizini tashkil etgan.

Bu haqda Iqtisodiy tadqiqotlar va islohotlar markazi ma’lumot berdi.

Shu bilan birga O‘zbekistonning Markaziy Osiyo mamlakatlariga eksport 3,1 mlrd dollarni (o‘sish 15,4 foiz), importi esa 4,4 mlrd dollarni (o‘sish 18,6 foiz) tashkil etdi.

2022-yilning yanvar-dekabr oylari yakunida O‘zbekistonning Markaziy Osiyo davlatlari bilan savdo aylanmasi:

  • Qozog‘iston bilan tashqi savdo aylanmasi 4,6 mlrd dollarni (o‘sish 17,9 foiz) tashkil etib, eksport hajmi 1,4 mlrd dollarga, import hajmi esa 3,2 mlrd dollarga yetdi.
  • Qirg‘iziston bilan tashqi savdo aylanmasi 1,3 mlrd dollarni (o‘sish 32,1 foiz) tashkil etib, eksport hajmi 979,3 mln dollarga, import hajmi esa 280,7 mln dollarga yetdi.
  • Turkmaniston bilan tashqi savdo aylanmasi 926,3 mln dollarni (o‘sish 2,7 foiz) tashkil etib, eksport hajmi 194,8 mln dollarga, import hajmi esa 731,5 mln dollarga yetdi.
  • Tojikiston bilan tashqi savdo aylanmasi 674,4 mln dollarni (o‘sish 11,4 foiz) tashkil etib, eksport hajmi 519,9 mln dollarga, import hajmi esa 154,5 mln dollarga yetdi.

O‘zbekistonning Markaziy Osiyo mamlakatlari bilan savdo aylanmasidagi eng katta ulushi Qozog‘istonga to‘g‘ri keladi – 62 foiz, qolgan qismi: Qirg‘iziston – 17 foiz, Turkmaniston – 12 foiz va Tojikiston – 9 foiz.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring