Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

O‘zbekistonlik sportchi, bodibilding bo‘yicha jahon chempioni Alena Nurayeva vafot etdi

O‘zbekistonlik sportchi, bodibilding bo‘yicha jahon chempioni Alena Nurayeva vafot etdi

Bodibilding bo‘yicha ko‘p karra O‘zbekiston, Osiyo va jahon chempioni Alena Nurayeva vafot etdi. Bu haqda Bodibilding, fitnes va mas-restling federatsiyasi xabar berdi.

Ma’lum qilinishicha, sportchining o‘limiga leykemiya kasalligi sabab bo‘lgan.

«Sizni shunday ajoyib shaxs va sportchi sifatida eslab qolamiz! Barcha oila a’zolari va do‘stlarga samimiy hamdardlik bildiramiz!» – deyiladi federatsiya xabarida.

Nurayeva turli respublika va xalqaro musobaqalarda 9 ta oltin va 4 ta kumush medalni qo‘lga kiritgan. 

Xabar.uz jamoasi ham sportchining oila a’zolari va yaqinlariga chuqur hamdardlik bildiradi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring