Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

O‘zbekistonlik bokschi qizlardan tarixiy rekord

O‘zbekistonlik bokschi qizlardan tarixiy rekord

Shu kunlarda Serbiyaning Nish shahrida boks bo‘yicha ayollar o‘rtasida Jahon chempionati bo‘lib o‘tmoqda va unda ishtirok etayotgan O‘zbekiston terma jamoasining 4 nafar a’zosi yarim finalga yo‘llanma olib, terma jamoa tarixida rekord o‘rnatdi. Bu haqda milliy olimpiya qo‘mitasi xabar beradi.

Chorak final bahslarida Farzona Fozilova -48 kg, Sabina Boboqulova -50 kg, Feruza Kazakova -52 kg va Navbahor Hamidova -66 kg vazn toifalarida o‘z raqiblari ustidan g‘alabaga erishdi va eng kamida 4 ta bronza medalini naqd qildi. Shu paytgacha o‘tkazilgan Jahon chempionatlarining hech birida mamlakat to‘rtta medal qo‘lga kiritmagan. Bugun, ushbu bokschilar yarim bahslarda ringga tushadi va ushbu bosqichda ularga raqib bo‘ladigan sportchilar quyidagilar:

  • -48 kg: Farzona Fozilova - Yuliya Chumgalakova (Rossiya)
  • -50 kg: Sabina Boboqulova - Xu Meiyi (Xitoy)
  • -52 kg: Feruza Kazakova - Pang Chol Mi (KXDR)
  • -66 kg: Navbahor Hamidova - Albina Moldajanova (Rossiya)
Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring