O‘zbekistonga yana sovuq havo kirib kelmoqda
![O‘zbekistonga yana sovuq havo kirib kelmoqda](https://static.xabaruz.com/crop/5/9/720_460_95_594474233.jpg)
Gidrometeorologiya xizmati markazi xabariga ko‘ra, 28-29-mart kunlari O‘zbekiston hududiga Kaspiy dengizi orqali Kavkaz hududlari ustida shakllangan sovuq va nam havo massalari kirib keladi.
28-29-mart kunlari respublika hududi bo‘ylab yomg‘ir yog‘ib, tog‘li hududlarda yog‘ingarchilik (yomg‘ir, qor) kuzatiladi. Ba’zi joylarida kuchli bo‘ladi. Momaqaldiroq bo‘lishi mumkin.
28-29-mart kunlari respublika hududlarida shamolning tezligi 17-22 m/s gacha kuchayishi kutilmoqda, ba’zi joylarda 23-28 m/s gacha kuchayishi mumkin.
29-martda havo harorati kechasi va kunduzi 6-11° iliqgacha pasayadi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter