Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

O‘zbekistonga kirib kelgan pul o‘tkazmalari yarim yilda 6,5 mlrd dollarni tashkil qilgan

O‘zbekistonga kirib kelgan pul o‘tkazmalari yarim yilda 6,5 mlrd dollarni tashkil qilgan

O‘tgan 6 oyda 2023-yilning mos davri bilan solishtirganda O‘zbekistonga xalqaro pul o‘tkazmalari AQShdan 43 foizga, Germaniyadan 64 foizga, Polsha va Koreyadan esa deyarli 2 barobar oshgan.

Bu haqda Markaziy bank boshqaruvining asosiy stavkani ko‘rib chiqish bo‘yicha bo‘lib o‘tgan matbuot anjumanida aytildi.

Markaziy bank raisi Mamarizo Nurmuratovga ko‘ra, O‘zbekistonga kirib kelgan pul o‘tkazmalari yarim yilda 6,5 mlrd dollarni tashkil qilgan.

«O‘zbekistonga kirib kelgan pul o‘tkazmalari yarim yilda 6,5 mlrd dollarni tashkil qildi va 2023-yilning mos davriga nisbatan 25 foizga pasaydi. Yil boshida biz 11-12 foizlik o‘sishni kutgan edik.

Mehnat migratsiyasi geografiyasi ham o‘zgarmoqda. AQShdan kirib kelgan pul o‘tkazmalari 43 foizga, Germaniyadan 64 foizga, Polshadan 2 barobarga va Janubiy Koreyadan 1,9 barobarga ko‘paydi. Rossiyadan kelayotgan pul o‘tkazmalari ulushi ikki yil avvalgi 82 foizdan 77 foizgacha tushdi va 4,95 mlrd dollar bo‘ldi», – deydi Markaziy bank raisi.

Shuningdek, keyingi o‘rinlarni 347 mln dollar bilan Qozog‘iston, 271 mln dollar bilan AQSh va 262,3 mln dollar bilan Janubiy Koreya egallagan.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring