Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

O‘zbekistondagi xaridlari uchun rossiyalik sayyohlar qancha sarflagani ma’lum bo‘ldi

O‘zbekistondagi xaridlari uchun rossiyalik sayyohlar qancha sarflagani ma’lum bo‘ldi

MDH mamlakatlari Rossiyadan kelgan sayyohlar orasida eng mashhur xorijiy yo‘nalishlarga aylandi. Bu haqda RS TLS sayyohlik va konserj xizmatlari kompaniyasi tomonidan Rossiya Standard Banki bilan birgalikda o‘tkazilgan tadqiqot natijalariga tayanib, TASS xabar bermoqda.

Tadqiqot mijozlar tomonidan so‘rovlar, turlarni sotish va xarajatlar dinamikasini o‘rganish orqali olib borilgan.

Unga ko‘ra, 2022-yil yozida Rossiyada ichki sayohatlarga talab ortgan va Dog‘iston, Kamchatka hamda Oltoyga sayohatlar ro‘yxatning avvalida turibdi.

Xorijiy davlatlarga sayyohatda esa O‘rta Osiyo respublikalari rossiyaliklar orasida mashhurlik bo‘yicha yetakchi o‘rinda turadi. Umuman olganda, hozirgi paytda xorijiy yo‘nalishlar ichki turizmga nisbatan ruslar orasida o‘z o‘rnini yo‘qotmoqda.

Tadqiqot natijalariga ko‘ra, rossiyalik sayyohlar Qozog‘istonda eng ko‘p pul sarflashgan, ya’ni bank kartasi orqali xarid qilishda o‘rtacha 10 000 rubl (1,8 million so‘m) sarflagan. O‘zbekistonda o‘rtacha xarid tushumi 6,8 ming rubl (1,2 million so‘m) bo‘lsa, Qirg‘izistonda 2 ming rubl (363 ming so‘m)ni tashkil qildi.

Rossiyaliklar uchun transportdagi qiyinchiliklarga qaramay, uzoq xorij mamlakatlariga sayohatlarda Turkiya, Maldiv orollari va Isroil kuchli uchlikdan joy olgan. Gretsiya va Tailandga ham talab ortgan.

Eslatib o‘tamiz, Rossiya va O‘zbekiston hukumatlari joriy yilning bahorda sayyohlar oqimini oshirishga kelishib olgan edilar.

Sayyohlik agentliklari bahor oydan boshlab O‘zbekistonga qiziqishning ortib borayotganini qayd etgan. So‘nggi 7 oy ichida esa O‘zbekistonga rossiyalik sayyohlar 2021 yilga qaraganda ko‘proq tashrif buyurdi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring