Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

«O‘zbekistondagi tarixiy islohotlarni qo‘llab-quvvatlaymiz» — YuNESKO bosh direktori

«O‘zbekistondagi tarixiy islohotlarni qo‘llab-quvvatlaymiz» — YuNESKO bosh direktori

Shu kunlarda Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi mas’ul vakillari shu kunlarda ransiyada xizmat safari bilan bo‘lib turibdi. Ular bugun YuNESKO Bosh direktori Odri Azule va direktor o‘rinbosari Moez Chakchuk bilan uchrashuv o‘tkazdilar.

Uchrashuvda media sohasida hamkorlik munosabatlarini o‘rnatish imkoniyatlarini muhokama qilindi.

Odri Azule YuNESKOning Xalqaro universal axborot olish kuniga bag‘ishlangan konferensiyasini O‘zbekistonda o‘tkazish bo‘yicha Agentlik taklifini qo‘llab-quvvatlashga tayyorligini ma’lum qildi va Toshkent shahrini 2022 yilda «Jahon kitob poytaxti» deb e’lon qilinishi borasidagi tashabbusga ijobiy baho berdi.

Muloqotda xalqaro loyihalarda o‘zbek jurnalist va blogerlarining ishtiroki, ularning tajribasini oshirish masalasida ham suhbatlashildi. YuNESKO rahbariyati O‘zbekiston bilan barcha yo‘nalishda hamkorlik qilishga tayyor ekanini bildirdi.

Suhbat chog‘ida O‘zbekistonda OAV sohasini rivojlantirish, so‘z erkinligini ta’minlash borasida keng ko‘lamli ishlar amalga oshirilayotgani, gender tengligi masalalariga alohida e’tibor qaratilayotgani ta’kidlandi.

YuNESKO rahbari bugungi uchrashuv haqida «Tvitter»dagi sahifasida fikr bildirdi. «Komil Allamjonov va Saida Mirziyoyeva bilan samarali uchrashuv. Bizning tashkilotimiz O‘zbekistondagi so‘z va media erkinligi, ma’lumot olish imkoniyatlarini kengaytirishga qaratilgan tarixiy islohotlarni qo‘llab-quvvatlaydi», — deb yozadi Azule.

YuNESKO rahbarlari O‘zbekistonda tashrif bilan bo‘lish istagini bildirdi. Unga Fransiyaning «Assouline Publishing» nashriyoti bilan hamkorlikda tayyorlangan O‘zbekiston haqidagi kitob-albom sovg‘a qilindi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring