Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

O‘zbekistonda tadbirkorlarni qiynayotgan muammolar tahlil qilindi

O‘zbekistonda tadbirkorlarni qiynayotgan muammolar tahlil qilindi

Iqtisodiy tadqiqotlar va islohotlar markazi (Markaz) tomonidan tadbirkorlar o‘rtasida o‘tkazilgan so‘rovnoma asosida hisoblab chiqilgan «O‘zbekistonda biznes muhiti» oylik tahliliy ko‘rsatkichini e’lon qildi.

Unda, jumladan, biznesning dolzarb muammolari tahlil qilinadi.

Tadqiqotda qayd etilishicha, hozirgi kunda, xususan, moliyalashtirish muammolarini qayd etgan tadbirkorlar ulushi mos ravishda 3 foizga va yuqori soliq stavkalarini qayd etganlar 7 foizdan 5 foizga kamaydi.

Shu bilan birga, soliq ma’murchiligidagi murakkablikni tadbirkorlikni rivojlantirishdagi asosiy to‘siq sifatida ko‘ruvchilar ulushi o‘zgarishsiz, 5 foiz darajasida saqlanib qolgan.

Shuningdek, moliyalashtirishni biznes rivojidagi asosiy to‘siq deb biluvchi tadbirkorlar ulushining kamayishi kuzatilmoqda. Ushbu ko‘rsatkich yanvar oyidagi 17 foizdan avgust oyida 10 foizgacha kamaygan.

Yuqori soliq stavkalari hali ham dolzarb bo‘lsa-da, sanoatda moliyalashtirish va elektr ta’minoti bilan bog‘liq muammolarning pasayishi kuzatilgan.

Qishloq xo‘jaligida boshqa muammolar kamayganiga qaramay, yer uchastkalari va litsenziyalar bilan bog‘liq muammolarga duch kelayotgan tadbirkorlarning ulushi oshgan.

Qurilishda elektr ta’minoti va yuqori soliq stavkalari bilan bog‘liq muammolar ko‘paygan.

Xizmatlar sohasida moliyalashtirish, yer uchastkalari, past talab va elektr ta’minoti bilan bog‘liq muammolar kamayganligi aniqlangan.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring