Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

O‘zbekistonda sun’iy charm ishlab chiqarish yo‘lga qo‘yiladi

O‘zbekistonda sun’iy charm ishlab chiqarish yo‘lga qo‘yiladi

«O‘zcharmsanoat» uyushmasida tashkilot rahbariyati hamda XXRning Dongguan savdoni rivojlantirish uyushmasi a’zolaridan iborat delegatsiyasi uchrashdi. Muloqot mavzusi O‘zbekiston va Dongguan shahri o‘rtasida charm-poyabzal sohasidagi hamkorlikni kengaytirish masalasi bo‘lgan.

Jumladan, uchrashuvda Xitoyning «Dongguan Shenfeng New Material» hamda «Guandong Shenfeng Eco Technology» kompaniyalari rahbarlari O‘zbekistonlik tadbirkorlar bilan sun’iy charm ishlab chiqarish bo‘yicha investitsion loyihani amalga oshirishga qiziqish bildirgan. Kompaniya rahbarlarining fikriga ko‘ra, bugungi kunda O‘zbekistonda bu turdagi mahsulotlarni ishlab chiqarishga talab yuqori. Qulay logistika va atrofdagi yirik bozor esa mahsulotlar eksportini yanada kengaytirishga xizmat qiladi.

Ma’lumot uchun, Dongguan savdoni rivojlantirish uyushmasiga a’zo o‘ndan ortiq kompaniyalar «UzCharmExpo-Eurasia-2023» xalqaro ko‘rgazmasi doirasida mahalliy tadbirkorlar bilan B2B muloqotlar o‘tkazadi. Unda O‘zbekistonda sun’iy charm ishlab chiqarishga qaratilgan sarmoyaviy loyihalarni amalga oshirish, attorlik buyumlarini «Autsorsing» asosida O‘zbekistonda ishlab chiqarish, charmsanoat mahsulotlarini ishlab chiqarishda zarur bo‘ladigan kimyoviy moddalarni yekazib berish borasidagi masalalar atroflicha ko‘rib chiqiladi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring